MECAS
Orqaga

Erasmus+ MECAS loyihasining birinchi texnik trening va loyiha uchrashuvi Italiyaning Torino shahrida Politecnico di Torino universitetida bo‘lib o‘tdi

25-Mart, 2026-yil 9:00
Politecnico di Torino, Corso Duca degli Abruzzi 24, 10129, Torino

2026-yilning 24-26-mart kunlari Italiyaning Torino shahridadagi Politecnico di Torino MECAS ( Development of Master curricula in EcoInformatics for the impact on the Aral Sea basin) loyihasining birinchi texnik trening va loyiha uchrashuvi o‘tkazilmoqda. Uchrashuv davomida loyiha doirasidagi yutuqlar, muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinmoqda.

Yig‘ilishda Yevropa va Markaziy Osiyodagi universitetlar, jumladan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Italiya, Portugaliya va Ispaniyadan oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashmoqdalar.

Trening davomida masofaviy zondlash, sun’iy intellektning ekologiyada qo‘llanilishi, ekologik jarayonlarni modellashtirish, daryo ekotizimlarini baholash kabi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, loyiha boshqaruvi, sifat nazorati, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda natijalarni targ‘ib qilish masalalari muhokama qilidi.

Mazkur uchrashuv MECAS loyihasini samarali amalga oshirish, hamkorlikni mustahkamlash va kelgusida EcoInformatika yo‘nalishida zamonaviy, xalqaro darajadagi ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish uchun muhim qadam bo‘ldi.