MECAS

Nukus Davlat Texnika Universiteti

2025-yil 24-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda unda 6 mingdan ortiq bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari hamda 360 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. NSTUning asosiy missiyasi — hududiy iqtisodiyot ehtiyojlarini inobatga olgan holda, muhandislik va texnik yo‘nalishlarda zamonaviy bilim, amaliy ko‘nikma hamda innovatsion fikrlashga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Universitetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • muhandislik fanlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish;

  • ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;

  • sanoat va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni mustahkamlash;

  • raqamli ta’lim texnologiyalari va masofaviy o‘qitish usullarini joriy etish;

  • yoshlarni ilmiy va amaliy tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish.

Rasmiy veb-sayt