MECAS
Barcha yangiliklar

Nukus davlat texnika universitetida xalqaro grant loyihalari taqdimoti o‘tkazildi

04 May, 2026

Nukus davlat texnika universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida muhim metodik-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir universitetning xalqaro hamkorlikdagi faoliyati yanada kengayib borayotganining yorqin namunasi bo‘ldi.

Seminarda Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha Milliy ekspert, Erasmus+ CBHE 2025 tanlovi g‘oliblari hamda MECAS va DIANA loyihalari koordinatori Asiya Tureniyazova boshchiligidagi jamoa - Timur Berdimbetov va Shaxnoza Tadjimovalar ishtirok etdi. Ular tomonidan universitet tomonidan yutib olingan xalqaro grant loyihalarining mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil taqdimot qilindi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, MECAS va DIANA loyihalari Nukus davlat texnika universitetining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.