Universitetga rasmiy tashrif bilan kelgan Nukus davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari nomzodi Asiya Tureniyazova universitet rahbariyati va ilmiy jamoa bilan uchrashib, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Uchrashuvda oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tadqiqotlar olib borish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Orol bo‘yidagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ilmiy tashabbuslarning dolzarbligi alohida ta’kidlandi.
Asiya Tureniyazova tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari bilan tajriba va ilmiy fikr almashish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazadi.
Maqola faylini ko'rish: https://mecas.uz/media/files/public/2026/06/4_458_2026.pdf


