MECAS
Barcha yangiliklar

MECAS loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan seminar tashkil etildi

24 Iyul, 2026

Seminarda universitet rahbariyati, loyiha ishchi guruhi a'zolari, professor-o‘qituvchilar, tarkibiy bo‘linmalar mas'ullari hamda loyiha faoliyatida ishtirok etayotgan mutaxassislar qatnashdilar.

Tadbir davomida MECAS loyihasining asosiy maqsad va vazifalari, loyiha doirasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyat, ishlab chiqilayotgan o‘quv-uslubiy materiallar hamda ta'lim dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, loyiha doirasida xorijiy hamkor universitetlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, o‘quv dasturlarini xalqaro tajribalar asosida yangilash hamda raqamli ta'lim resurslarini yaratish bo‘yicha bajarilgan ishlar taqdim etildi.

Seminar ishtirokchilariga loyiha ijrosining joriy holati, belgilangan ish rejasiga muvofiq bajarilgan vazifalar, mavjud natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil axborot berildi. Ishtirokchilar tomonidan loyiha samaradorligini yanada oshirish, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni kengaytirish, tayyorlanayotgan o‘quv materiallari sifatini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Seminar yakunida MECAS loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, loyiha natijalarini universitet ta'lim jarayoniga keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Mazkur seminar loyiha ishtirokchilari o‘rtasida tajriba almashish, bajarilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda MECAS loyihasi doirasidagi faoliyat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.