MECAS loyihasining rasmiy boshlanish va hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 21-noyabr kuni MECAS loyihasining rasmiy boshlanish va hamkorlik uchrashuvi muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv loyihaning barcha konsortsium a’zolari ishtirokida tashkil etilib, loyiha faoliyatiga rasman start berildi.
Uchrashuv davomida MECAS loyihasining maqsadlari, dolzarbligi, kutilayotgan natijalari hamda asosiy benefitsiarlari batafsil taqdim etildi. Shuningdek, loyihaning 2025-yil 1-noyabrdan 2029-yil 31-oktyabrgacha bo‘lgan davrni qamrab olishi va grant maqomi yuzasidan umumiy ma’lumot berildi.
Hamkor institutlar tanishtirilib, ularning loyiha doirasidagi roli va mas’uliyatlari aniqlashtirildi. Ish paketlari, vazifalar, kutilayotgan natijalar, muddatlar hamda majburiyatlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, shoshilinch yetkazib beriladigan vazifalar va ularga mas’ul sheriklar belgilab olindi.
Loyihani boshqarish, sifatni ta’minlash, natijalarni tarqatish hamda hisobot berish jarayonlari (FTOP va SYGMA tizimlari asosida) yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida aloqa kanallari tashkil etildi, jumladan, umumiy WhatsApp guruhi va Google Drive ish maydoni ishga tushirildi.
Uchrashuv yakunida oshkoralik, vazifalarni o‘z vaqtida bajarish hamda barcha hamkorlarning faol ishtiroki loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.
