MECAS
Barcha yangiliklar

Bilim / Ko'nikma/Malakalar

12 Dekabr, 2025

Sana: 10-dekabr, 2025-yil
Format: Gibrid (oflayn va onlayn)
Joy: Toshkent, O‘zbekiston

         2025-yil 10-dekabr kuni Toshkent shahrida TIIAME tashabbusi bilan gibrid formatda uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlari oflayn tarzda ishtirok etdilar, Yevropa Ittifoqi (EU) hamkorlari esa onlayn platforma orqali qatnashdilar.

     Uchrashuvning asosiy maqsadi TIIAME tomonidan mavjud magistratura (MS) dasturlarini tahlil qilish uchun maxsus shablon/shakl ishlab chiqish hamda “Ecoinformatics” o‘quv dasturi uchun yangi kurslarni yaratish jarayonida jamoa a’zolarining salohiyatini (bilim, ko‘nikma va malakalarini) aniqlash va tayyorlash masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

      Ma’lumki, O‘zbekiston va Qozog‘iston jamoalari ushbu turdagi xalqaro loyihada birinchi marta ishtirok etayotganliklari sababli, loyiha ishlarini samarali va muammosiz boshlash maqsadida koordinatordan Toshkent shahrida maxsus yig‘ilish/seminar tashkil etishni so‘rashgan edi. Uchrashuv barcha tashkiliy va sayohat xarajatlarini ishtirokchilar o‘z zimmasiga olgan holda tashkil etildi.

       TIIAME mazkur uchrashuvni muvaffaqiyatli tashkil etdi. Yig‘ilish davomida:

  • mavjud MS dasturlarini tahlil qilish metodologiyasi muhokama qilindi;

  • tahlil uchun yagona shablon (template) ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi;

  • “Ecoinformatics” yo‘nalishi uchun yangi fanlar ro‘yxati va ularning konseptual mazmuni yuzasidan fikr almashildi;

  • jamoa a’zolarining ilmiy va pedagogik salohiyatini baholash hamda kuchaytirish bo‘yicha dastlabki yo‘nalishlar belgilab olindi;

  • kelgusidagi ishlar uchun vazifalar va mas’ullar taqsimlandi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va o‘quv dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

        Mazkur uchrashuv loyiha doirasidagi keyingi bosqich ishlarini tizimli va samarali tashkil etish uchun muhim qadam bo‘ldi.