2026-yil 6-fevral kuni MECAS loyihasi doirasida konsorsium hamkorlari ishtirokida muhim uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Erasmus+ EACEA loyihasi ofitseri Maria-Sol Parrado ham qatnashib, loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan batafsil tavsiyalar berdi.
Uchrashuv davomida MECAS loyihasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida eko-informatika yo‘nalishida yangi magistratura dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, konsorsium tarkibidagi 5 ta oliy ta’lim muassasasida zamonaviy va mehnat bozori talablariga mos magistratura dasturlarini yaratish rejalari qayd etildi.

Shuningdek, grant shartnomasi (Grant Agreement) bo‘yicha mas’uliyat, moliyaviy va tashkiliy majburiyatlarga qat’iy rioya etish, uskunalar xaridi, byudjet moslashuvchanligi, tashqi baholash, aloqa va tarqatish (dissemination) faoliyatlarini o‘z vaqtida va shaffof tarzda olib borish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbirda loyiha koordinatori Asiya Tureniyazova, loyiha hamkorlari Perluiji Leone, Nikol Font Guedes va Dina Pereyra so‘zga chiqib, MECAS loyihasining ahamiyati, kutilayotgan natijalari hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Mazkur uchrashuv MECAS loyihasini sifatli va samarali amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, kelgusidagi faoliyatlar uchun aniq yo‘nalish va ustuvor vazifalarni belgilab berdi.