Italiyaning Torino shahridadagi Politecnico di Torino MECAS ( Development of Master curricula in EcoInformatics for the impact on the Aral Sea basin) loyihasining birinchi texnik trening va loyiha uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida loyiha doirasidagi yutuqlar, muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Mazkur loyiha Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lib, Ecoinformatika yo‘nalishida yangi magistratura dasturini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Loyiha doirasida jami 16 ta yangi fan ishlab chiqilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu treningda ularning bir qismi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Trening davomida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:
- sun’iy intellektni ekologiyada qo‘llash,
- masofaviy zondlash va tasvirlarni qayta ishlash,
- Orol dengizi muammosini modellashtirish,
- ekologik tadqiqot metodologiyasi,
- ecoinformatika sohasida tadbirkorlik.
Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Italiya, Portugaliya va Ispaniyadan yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Jumladan, TIIAME Milliy tadqiqot universiteti, Nukus davlat texnika universiteti, Urganch davlat universiteti hamda boshqa hamkor tashkilotlar faol qatnashdi.
Loyiha yig‘ilishi doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Ecoinformatika magistratura dasturini ishlab chiqish,
- o‘quv kurslari va o‘quv materiallarini tayyorlash,
- loyiha boshqaruvi va sifat nazorati tizimlarini joriy etish,
- natijalarni keng targ‘ib qilish (disseminatsiya) va amaliyotga tatbiq etish.
Mazkur trening ishtirokchilarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, xalqaro tajriba almashish imkonini berdi. Kelgusida loyiha doirasida yana bir qator treninglar va o‘quv faoliyatlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

